WeDay Taklifnoma yaratishYaratish

Maxfiylik siyosati

WeDay qanday maʼlumotlarni saqlaydi, ulardan nima uchun foydalanadi va qachon oʻchiradi.

Qoralama. Bu matn hali yurist tomonidan koʻrib chiqilmagan va xizmat ishga tushishidan oldin tasdiqlanishi kerak.

1. Taklifnoma egasining maʼlumotlari

Telegram maʼlumotlari: Telegram ID, ism, familiya va username (agar boʻlsa), til va profil rasmi havolasi. Ularni Telegram ilovani ochganingizda oʻzi beradi.

Botga qaysi havoladan kelganingiz (masalan, saytdan). Bu faqat umumiy statistika uchun.

Taklifnoma mazmuni: ismlar, toʻy sanasi va vaqti, toʻyxona nomi va manzili, xarita havolasi, dastur, matnlar va tanlangan musiqa.

Buyurtmalar: buyurtma raqami, summa, toʻlov holati va chek rasmi.

2. Mehmonlar maʼlumoti

Mehmon taklifnomaga javob yuborganda quyidagilar saqlanadi: ism, kelish-kelmasligi, mehmonlar soni, telefon raqami (ixtiyoriy) va izoh (ixtiyoriy).

Takroriy va avtomatik javoblarning oldini olish uchun IP manzilning qaytarib boʻlmaydigan kodi (xesh) saqlanadi. IP manzilning oʻzi saqlanmaydi.

Mehmonlar javoblarini faqat shu taklifnoma egasi koʻradi: ilovada, bot xabarlarida va Excel faylida.

Mehmonlar maʼlumoti toʻy sanasidan 30 kun oʻtib oʻchiriladi.

3. Chek rasmlari

Chek rasmlari yopiq omborda saqlanadi, ularga ochiq havola yoʻq. Ularni faqat admin toʻlovni tekshirish uchun koʻradi. Tekshirish uchun chek admin Telegram chatiga ham yuboriladi.

Chek rasmlari toʻy sanasidan 30 kun oʻtib, taklifnoma bilan birga oʻchiriladi.

4. Maʼlumotlar nima uchun kerak

Taklifnomani yaratish va mehmonlarga koʻrsatish, toʻlovni tekshirish, bot orqali xabar yuborish (toʻlov holati, yangi javoblar) va suiisteʼmolning oldini olish uchun.

Maʼlumotlar reklama uchun ishlatilmaydi va uchinchi shaxslarga sotilmaydi.

5. Taklifnoma kimga koʻrinadi

Faol taklifnoma havolani bilgan har kimga ochiq. Unda siz kiritgan maʼlumotlar koʻrinadi: ismlar, sana, manzil, dastur va boshqalar. Taklifnomalar qidiruv tizimlariga koʻrsatilmaydi.

6. Qayerda saqlanadi

Maʼlumotlar Cloudflare serverlarida (maʼlumotlar bazasi va fayl ombori) saqlanadi. Bot xabarlari Telegram orqali yuboriladi.

Sayt va taklifnomalarga tashriflar soni Cloudflare Web Analytics orqali hisoblanadi. U cookie ishlatmaydi va tashrif buyuruvchining shaxsini aniqlamaydi.

7. Saqlash muddatlari

Taklifnoma toʻy sanasidan 3 kun oʻtib yopiladi. 30 kun oʻtib uning mazmuni, mehmonlar javoblari va chek rasmlari oʻchiriladi.

Qoralamani ilovada istalgan vaqtda oʻchirishingiz mumkin.

Buyurtma yozuvlari (raqam, summa, sana) hisob-kitob uchun saqlanib qoladi.

8. Aloqa

Maʼlumotlaringiz boʻyicha savol yoki soʻrov uchun Telegram orqali yozing: @devops_70.

Xizmatdan foydalanish shartlari Ommaviy ofertada yozilgan.

Oxirgi tahrir: 22-noyabr 2026